Air India yaqinda o‘n yildan ko‘proq vaqt oldin yo‘qolgan Boeing yo‘lovchi samolyotini topganini va endi katta miqdordagi jarimaga tortilishini ma’lum qildi.
The Sun nashrining yozishicha, samolyot yozuvlardan g‘oyib bo‘lgan va 2012 yildan beri yo‘qolgan deb hisoblangan. Boeing bir necha yil oldin foydalanishdan chiqarilgan va Hindiston pochta xizmatiga ijaraga berilgan edi, biroq xodimlar almashinuvi va hujjatlardagi kamchiliklar tufayli qandaydir yo‘l bilan e’tibordan chetda qolgan.
Vaziyat Kalkutta aeroporti ma’muriyati Boeing 737-200 samolyotini binodan olib chiqishni rasman so‘raganidan keyingina aniq bo‘ldi.
Air India dastlab samolyot ularga tegishli emasligini ta’kidlagan. Biroq, ichki tekshiruv natijasida 30 tonnalik, 30 metr uzunlikdagi samolyot yo‘qolgan samolyot ekanligi aniqlandi.
Aviakompaniyaga to‘xtash joyini buzgani uchun 114 ming dollar jarima solindi.
Ikki hafta oldin samolyot Bangalorga olib ketildi va u yerda parvoz ekipajlari uchun yer usti mashg‘ulotlari o‘tkazish maqsadida foydalaniladi.
Rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, Boeing 737-200 so‘nggi besh yil ichida Kalkutta aeroportida tashlab ketilgan 14-chi samolyot bo‘ldi.