UQKning sobiq bosh qo‘mondoni, hozirda mamlakatning Buyuk Britaniyadagi elchisi Valeriy Zalujniy frontdan harbiylar qaytishi fonida davlat uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar haqida ogohlantirdi.
Uning fikricha, mojarodan so‘ng taxminan 1 mln. nafar harbiy frondan qaytadi. Bu holat davlat boshqaruvi, jamiyat va urush faxriylari uchun yangi va murakkab sinov bo‘ladi.
Zalujniyning ta’kidlashicha, jangovar harakatlar hanuz davom etayotganiga qaramay, mamlakat ichida ayrim harbiylar allaqachon xavf sifatida ko‘rilmoqda.