Bugun 28 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Vuchich: "Serbiyani og‘ir davrlar kutmoqda"

Vuchich: "Serbiyani og‘ir davrlar kutmoqda"

Serbiyani og‘ir davrlar kutmoqda va mamlakatni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish faqat Serbiya taraqqiyot partiyasining (SNS) qo‘lidan keladi.

Bu haqda «Birlashgan Serbiya» koalisiyasi yetakchisi Aleksandr Vuchich Informer telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, SNS barcha siyosiy harakatlar va faollar bilan muloqot qilishga tayyor.

«Biz katta tajribaga ega, og‘ir sinovlardan toblangan insonlarmiz. 2000 yilda ham shunga o‘xshash qiyinchiliklarga duch kelganmiz, g‘alaba qozonganmiz, mamlakat qiyofasini o‘zgartirganmiz va qo‘shimcha ravishda 550 mingta ish o‘rni yaratganmiz. Umid qilamanki, bu safar bu ishlarni amalga oshirish uchun shunchalik uzoq kutishimizga to‘g‘ri kelmaydi. Ishonchim komilki, biz buni yana bir bor uddalay olamiz», — deya ta’kidlagan Vuchich.

U «Talabalar ro‘yxati»ni mamlakat tarixidagi eng yomon siyosiy muqobil deb atagan va ushbu harakat vakillari mamlakatni boshqarish uchun yetarli siyosiy tajriba hamda jiddiy bilimlarga ega emasligini bildirgan.

Vuchichning so‘zlariga ko‘ra, «Talabalar ro‘yxati» shakllantiradigan yangi hukumat Serbiya manfaatlariga qarshi qaratilgan siyosat olib boradi. Uning ta’kidlashicha, bunday hukumat Serbiyaning BMT Bosh Assambleyasi doirasida erishgan natijalarini, jumladan, serblar genosidi masalasi bo‘yicha erishilgan yutuqlarni yo‘qqa chiqarishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 09:40. O'qildi: 411 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!