Ertaga 2002 yilda ishga tushirilgan Drezden shahridagi zavod konveeridan so‘nggi avtomobil chiqariladi
Natijada qariyb 2 ming nafar xodim ishsiz qoladi, ishlab chiqarish sexlari esa turistik ob’ektlarga aylantiriladi. Ularning bir qismi mahalliy universitetga ijaraga beriladi.
Financial Times yozishicha, konsern bunday qarorni iqtisodiy va energetik inqirozlar, elektromobillarga bo‘lgan talabning pasayishi, shuningdek, Xitoy bilan kuchli raqobat sabab qabul qilgan.