Bugun 13 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Vodiydan Xitoyga yangi yo‘nalishlarda parvozlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Vodiydan Xitoyga yangi yo‘nalishlarda parvozlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

“Uzbekistan Airports” va “China Southern Airlines” kompaniyasi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, mavjud reyslar sonini oshirish va O‘zbekiston aeroportlariga yangi yo‘nalishlar ochish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tashuvchi mavjud yo‘nalishlar chastotasini haftasiga yetti martagacha oshirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Hozirda “China Southern Airlines” aviakompaniyasi Toshkentdan Pekinga (haftasiga 4 marta) va Toshkentdan Urumchiga (haftasiga 5 marta) parvozlarni amalga oshirib kelmoqda.

Shuningdek, “Uzbekistan Airports” kompaniyasi Andijon, Namangan va Farg‘ona aeroportlaridan Xitoy shaharlariga yangi yo‘nalishlarni ochishni taklif qildi.

Kiritildi: 09:20 07.04.2025. O'qildi: 1038 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!