Donald Tramp Xitoy bilan qarama-qarshilikda boj to‘lovlarini qo‘llashda tanaffus e’lon qilib, o‘zining “zaif nuqtasini” namoyon etdi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
"Shu haftada Tramp moliyaviy bozorlar, jumladan, Uoll-strit va texnologiya sohasidagi milliarderlarning talablarini to‘la rad eta olmasligi ayon bo‘ldi. AQSh prezidenti o‘z choralariga bo‘lgan salbiy reaksiyani inobatga olishga majbur ekanini ko‘rsatdi", deb yozadi nashr.