Bugun 13 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Real"dan ketishi aniq bo‘lgan 3 nafar futbolchi kimligi ma’lum

"Real"dan ketishi aniq bo‘lgan 3 nafar futbolchi kimligi ma’lum

Joriy mavsum yakunlangach, "Real" safini birdaniga bir necha futbolchi tark etishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Manbaga ma’lum bo‘lishicha, ketadiganlar ro‘yxatida Lukas Vaskesning ismi birinchi o‘rinda. "Liverpul" laterali Trent Aleksandr-Arnoldning ehtimoliy transferidan keyin futbolchiga jamoada joy qolmaydi.

Bundan tashqari, himoyachi David Alaba va xavbek Luka Modrich ham "qirollik klubi"ni tark etishi mumkin. Madridliklar avstriyalik futbolchining jarohatga moyil bo‘lib qolgan, deb hisoblaydi, xorvatiyalik esa shartnoma muddati tugaganidan keyin jamoani tark etishi mumkin.

Kiritildi: 14:14 12.04.2025. O'qildi: 5420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!