Katta matbuot anjumani va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot arafasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ikkita o‘ziga xos yangi yil sovg‘asini taqdim etdi. "Rossiya-24" telekanali xabariga ko‘ra, davlat rahbari o‘z murojaatlarida orzulari haqida yozgan ikki bolaning ezgu tilaklarini shaxsan amalga oshirdi.
Shunday qilib, 11 yoshli Vladimir dzyudo bilan shug‘ullanadi va u prezidentdan ko‘k rangli kimononi sovg‘aga oldi. Oltoylik bola Yegor esa o‘ta yengil samolyotda parvoz qildi.
Ma’lumot uchun, Vladimir Putin bilan navbatdagi jonli muloqot 19 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.