Bugun 15 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

Vinisiusning so‘rayotgan juda katta maoshni to‘lay oladigan Yevropa klubi nomi ma’lum bo‘ldi

Vinisiusning so‘rayotgan juda katta maoshni to‘lay oladigan Yevropa klubi nomi ma’lum bo‘ldi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior "Manchester Siti"ning transfer maqsadlari qatoridan joy oldi.

Braziliyalik futbolchi haligacha "qaymoqranglilar" bilan shartnomani uzaytirishdan yiroq bo‘lib turibdi. 25 yoshli futbolchi haftasiga taxminan 350 ming yevro maosh olmoqchi, biroq hozirda "qirollik klubi" bunday talabni qondirishga tayyor emas. Agar vaziyat o‘zgarmasa, o‘yinchi yaqin kelajakda jamoadan ketish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. "MatchDay Central" nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, "Manchester Siti" vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va hujumchiga manfaatli taklif berishga tayyor. Shuningdek, uning 2027 yilda erkin agent sifatida boshqa klubga o‘tishi ham istisno etilmayapti.

Saudiya Arabistoni chempionati vakillari ham Vinisius uchun poygadan chiqishgani yo‘q, biroq ular yulduz futbolchini ko‘ndirish uchun yanada kattaroq shartlar taklif qilishlariga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: Bugun 11:36. O'qildi: 1054 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!