Madridning "Real" klubi vingeri Vinisius Junior klub bilan yangi shartnoma imzolaydi.
Amaldagi kelishuv 2027 yilgacha mo‘ljallangan va tomonlar shartnomani uzaytirish masalasini birinchi oy muhokama qilayotgani yo‘q. Jurnalist Xose Feliks Diasning ma’lum qilishicha, braziliyalik allaqachon "Real"ga rozilik bilan javob qaytargan - kelishuv imzolanadi. "Qirollik klubi" klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlanishi bilanoq yulduz futbolchi bilan yangi shartnoma imzolaganini e’lon qiladi.
Vinisius Junior "Real" safida 2018 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda.