Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Vinisius o‘ziga Portugaliya klubini sotib olmoqda

Vinisius o‘ziga Portugaliya klubini sotib olmoqda

Madridning "Real" klubi forvardi Vinisius Junior Portugaliyaning ikkinchi eng kuchli futbol divizionidagi "Alverka" jamoasiga egalik qiladi. Bu haqda «Record» portali xabar bermoqda.

Avvalroq, tadbirkor Rikardo Visintin Portugaliya klubidagi o‘z ulushini sotishini e’lon qilgan edi, manba ma’lumotiga ko‘ra, bu ulush ispaniyalik va braziliyalik investorlarga, jumladan Vinisiusga o‘tadi. Shuningdek, tadbirkorning ulushini sotib olish 10 mln yevroni tashkil etishi aytilmoqda.

O‘tkazilgan 22 o‘yindan so‘ng "Alverka" Portugaliyaning ikkinchi eng kuchli divizioni turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va mamlakatning yuqori divizioniga chiqish zonasida joylashgan.

Kiritildi: 23:16 17.02.2025. O'qildi: 927 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!