Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Vinisius «Real»dan qancha pul olmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi

Vinisius «Real»dan qancha pul olmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi

Vinisius Junior «Real»da yiliga kamida 20 million yevro ishlab topishni xohlayapti.

Braziliya milliy jamoasi vingerining amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Futbolchi va klub mavsum yakuniga yetgach, yozda yangi muzokaralarni boshlaydi. Shuningdek, futbolchiga Saudiya Arabistonidan besh yil uchun 1 milliard yevrolik taklif bor.

2022 yilda imzolangan bitimga ko‘ra, Vinisius shartnoma muddati davomida soliqlardan tashqari 75 million yevro ishlab olishi kerak. Bu esa o‘rtacha yiliga 15 million yevro degani. Ammo uning maoshi yildan yilga oshib borishi ko‘zda tutilgan.

Shartnomada shaxsiy mukofotlar uchun turli bonuslar ham belgilangan. Masalan, The Best sovrinini qo‘lga kiritganidan so‘ng Vinisius 2 million yevro bonus olgan. Agar u “Oltin to‘p”ni yutsa, xuddi shunday mukofotga ega bo‘ladi.

Hozirda Vinisius o‘rtacha yiliga 15 million yevro maosh olmoqda, bu Kilian Mbappening daromadiga teng. Yangi shartnomaga ko‘ra, «Real»ning yettinchi raqamli o‘yinchisi yiliga kamida 5 million yevro ko‘proq maosh olishni xohlayapti. Klub uning talablaridan xabardor.

Kiritildi: 23:55 04.03.2025. O'qildi: 1332 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!