Bugun 21 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Vinisius "Real"dagi kelajagi haqida muhim bayonot berdi

Vinisius "Real"dagi kelajagi haqida muhim bayonot berdi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior klubni tark etishi haqidagi savolga javob berdi.

25 yoshli futbolchi Chempionlar ligasi doirasida "Monako"ga qarshi kechgan o‘yinda (6:1) qahramon bo‘ldi va o‘z hisobiga gol hamda ikkita golli uzatma yozdirib qo‘ydi hamda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrini bilan taqdirlandi.

"Real"da uzoq vaqt qolmoqchiman. Shartnomammi? Yana bir yil qoldi, biz juda xotirjammiz. Men Florentino Peresga ishonaman, u menga ishonadi, munosabatlarimiz juda yaxshi. Vaqti kelganda hammasini hal qilamiz. Shoshilishning hojati yo‘q," - deya Vinisiusning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Kiritildi: Bugun 15:18. O'qildi: 364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!