Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Vinisius Junior 2026 yilgi gollar soni bo‘yicha Yevropada faqat bir futbolchidan ortda qolmoqda

Vinisius Junior 2026 yilgi gollar soni bo‘yicha Yevropada faqat bir futbolchidan ortda qolmoqda

Vinisius Juniorning dubli La Liga doirasidagi «Espanyol»ga qarshi o‘yinda (2:0) madridlik «Real»ga g‘alaba keltirdi. Braziliyalik futbolchi 55-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 66-daqiqada «qaymoqranglilar»ning ustunligini mustahkamladi.

Opta ma’lumotlariga ko‘ra, Vinisius 2026 yil boshidan buyon barcha turnirlarda 16 ta gol urdi — bu Yevropaning kuchli beshlik chempionatlari vakillari orasida Xarri Keyndan («Bavariya», 24 ta gol) keyingi ikkinchi ko‘rsatkichdir.

La Liganing joriy mavsumdagi to‘purarlar poygasida Madrid grandi hujumchisi 15 ta gol bilan beshinchi o‘rinda bormoqda. U faqat jamoadoshi Kilian Mbappe (24), Vedat Muriki («Malyorka», 21), Lamin Yamal («Barselona», 16) va Ante Budimirdan («Osasuna», 16) ortda qolmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:30. O'qildi: 156 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!