Gumonlanuvchidan boltalar topilgan
Mamlakat prokuraturasi Gaagada yashovchi 33 yoshli shaxs yaqin orada Niderlandiyaning ikki malikasi — taxt vorisi, 22 yoshli Katarina-Amaliya va uning singlisi, 20 yoshli Aleksiyaga nisbatan qotillik sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha jinoiy ish yuzasidan sud oldida javob berishini ma’lum qildi.
Gumonlanuvchi suiqasdni fevral oyida Gaagada — qirol Villem-Aleksandrning ishchi saroyi joylashgan shaharda tayyorlagan. Suiqasd rejasi qanchalik aniq bo‘lgani va gumonlanuvchining maqsadi nima ekani noma’lum.
Malikalardan biri Amaliya o‘tgan yillarda ham tahdidlar olgan edi. Shu sababli u Amsterdamdagi talabalar yotoqxonasida yashay olmagan va bir yilga Madridga ketishga majbur bo‘lgan.