«Manchester Siti» himoyachisi Natan Ake faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
TuttuJuve.com nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchining vakillari uning xizmatlarini «Yuventus»ga taklif qilishgan. Katta ehtimol bilan futbolchi shu yozda «Manchester Siti»ni tark etadi. Turin klubi bir qarorga kelishdan oldin vaziyatni o‘rganib chiqmoqchi.
«Shaharliklar» Akening sotuvidan 10 milliondan 15 million yevrogacha mablag‘ ishlab olmoqchi, himoyachining maoshi esa «Yuventus» uchun muammo tug‘dirmaydi. Natan Ake 2020 yilda 45 million yevro evaziga «Bornmut»dan «Manchester Siti»ga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda himoyachi «shaharliklar» tarkibida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va samarali harakatlar bilan ajralib turmadi.