«Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov klub ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin. Jurnalist Aaron Ramironing xabariga ko‘ra, «Chelsi» o‘zbekistonlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.
London klubi ushbu transferni amalga oshirish uchun faol harakat qilmoqda. «Ko‘klar» yozgi transfer oynasi oldidan futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqishgan.
Abduqodir Husanov 2025 yilda «Lans»dan 40 million yevro evaziga «Manchester Siti»ga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi «shaharliklar» safida barcha turnirlarda 33 ta o‘yin o‘tkazdi. Transfermarkt portali Husanovning qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.