Bugun 3 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Beshariqda 90 dan ortiq xonadonni suv bosdi

Beshariqda 90 dan ortiq xonadonni suv bosdi

Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 90 dan ortiq xonadonni suv bosdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Bildirilishicha, joriy yilning 1 may kuni soat 21:41 da «112» tizimi orqali Beshariq tumanida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida tumanning «Vorux Dasht», «Yangiqo‘rg‘on» MFYlarning ayrim ko‘chalaridagi 90 dan ortiq aholi yashash xonadonlarining tomorqalariga yomg‘ir suvlari kirganligi to‘g‘risida Farg‘ona viloyati FVBga xabar kelib tushgan.

Shu zahotiyoq, hodisa joyiga Farg‘ona viloyati FVB, viloyat va tuman hokimligi hamda FVDqT xizmatlari yetib borib, hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

Bartaraf etish ishlariga barcha zarur kuch va vositalar jalb qilingan. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Qayd etilishicha, ushbu hodisa oqibatida fuqarolar orasida tan-jarohat olganlar yo‘q. FVV vaziyat oqibatlari qisqa vaqt ichida bartaraf etilishini ta’kidlagan.

Kiritildi: Bugun 14:35. O'qildi: 321 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!