Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Abduqodir Husanov "Olimpiya shaharchasi"dagi infratuzilma bilan tanishdi

Abduqodir Husanov "Olimpiya shaharchasi"dagi infratuzilma bilan tanishdi

Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari rahbariyati futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning “Manchester Siti” klubi o‘yinchisi Abduqodir Husanov hamda otasi bilan uchrashib, uning yaqin davrdagi rejalari xususida suhbatlashdi.

Uchrashuvda futbolchimizning jahon chempionatiga olib borayotgan individual tayyorgarligi atroflicha muhokama qilindi. Mutasaddilar futbolchimizni yaqinda Manchester klubi safida dastlabki sovrini – Angliya liga kubogini qo‘lga kiritgani bilan qutlab, mavsum chempionligi va Angliya kubogi finalida kutib turgan o‘yinlarda ham unga omad tilashdi. O‘z navbatida, futbolchimiz optimal sport formasini ushlab turish uchun “Manchester Siti” tarkibida olib borayotgan mashg‘ulotlari xususida gapirib o‘tdi.

Suhbatdan so‘ng futbolchimiz Sport akademiyasi va “Olimpiya shaharchasi”ni aylanib, u yerdagi imkoniyatlar va mehmonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Abduqodir Husanov "Olimpiya shaharchasi"dagi infratuzilma bilan tanishdi

Abduqodir Husanov "Olimpiya shaharchasi"dagi infratuzilma bilan tanishdi

Abduqodir Husanov "Olimpiya shaharchasi"dagi infratuzilma bilan tanishdi

Kiritildi: 23:54 29.04.2026. O'qildi: 300 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!