Bugun 3 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Manchester Siti» katta xaridga hozirlik ko‘rmoqda

«Manchester Siti» katta xaridga hozirlik ko‘rmoqda

«Manchester Siti» klubi «Nottingem Forest» yarim himoyachisi Elliot Andersonning shov-shuvli transferini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. «Shaharliklar» aynan 23 yoshli futbolchini maydon markazini kuchaytirish uchun asosiy variant sifatida belgilab olishgan.

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, «Siti» ingliz futbolchisi uchun «o‘rmonchilar»ga jozibador taklif tayyorlamoqda. Andersonga shuningdek, «Manchester Yunayted» tomonidan ham qiziqish borligi aytilayotgan edi. Bundan avvalroq «Manchester Siti»ning Andersonning o‘zi bilan dastlabki kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Transfermarkt bahosiga ko‘ra, yarim himoyachining bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi. Joriy mavsumda futbolchi «Nottingem Forest» safida barcha turnirlarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: Bugun 13:38. O'qildi: 275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!