Bugun 3 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Mbappe jarohatini davolash o‘rniga aktrisa bilan hordiq chiqarmoqda. Klub fanatlari jiddiy norozilik bildirmoqda

Mbappe jarohatini davolash o‘rniga aktrisa bilan hordiq chiqarmoqda. Klub fanatlari jiddiy norozilik bildirmoqda

«Real Madrid» muxlislari hujumchi Kilian Mbappeni mavsumning hal qiluvchi pallasida Italiyada sevgilisi bilan hordiq chiqarayotgani uchun keskin tanqid qilishdi.

Jahon chempioni va «Elita» teleseriali orqali mashhurlikka erishgan ispaniyalik aktrisa hamda model Ester Eksposito o‘rtasidagi ishqiy munosabatlar haqida shu yilning mart oyida xabar berilgan edi. 1 may kuni Sky Sport nashri Kalyaridan olingan videolavhalarni e’lon qildi — juftlik Sardiniyadagi restoranlardan biriga tashrif buyurgan.

Ushbu video va suratlar ijtimoiy tarmoqlarda «Real» ishqibozlarining keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilikning fikricha, Fransiya terma jamoasi sardori bor e’tiborini jarohatidan tiklanishga qaratishi yoki jamoatchilik oldida o‘zini bosiqroq tutishi lozim edi. Ayniqsa, klub Chempionlar ligasidan chiqib ketgani, La Ligada «Barselona»dan 11 ochko ortda qolayotgani va og‘ir davrni boshdan kechirayotgani bu noroziliklarni yanada kuchaytirdi.

«Bunga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi», «Unga klubning qizig‘i yo‘q» — muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda shu kabi izohlarni qoldirmoqda.

Le Parisien nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Mbappe katta ehtimol bilan 10 may kuni bo‘lib o‘tadigan «Barselona»ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi. Forvard bor e’tiborini JCH-2026 ga qaratgan.

Kiritildi: 23:49 02.05.2026. O'qildi: 251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!