Bahsga X ijtimoiy tarmog‘ida Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiyning quyidagi so‘zlari sabab bo‘ldi:
"Agar Vladimir Putin Donald Tramp bilan uchrashish uchun Budapeshtga Polsha orqali uchsa, uning samolyoti mamlakat hududida majburan qo‘ndirilishi, Rossiya prezidenti esa Xalqaro jinoiy sud orderiga muvofiq hibsga olinishi mumkin".
Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto esa bunga javoban Polshadagi sudning mustaqilligiga shubha bildirdi. Siyyartoning ta’kidlashicha, Polsha sudi bosh vazir Donald Tuskning buyrug‘i bilan “Shimoliy oqim-2” gaz quvurini portlatgan “terrorchini” topshirishdan bosh tortgan” (yaqinda Polsha sudi Vladimir Juravlyovni Germaniyaga ekstradisiya qilishni rad etgan edi).
Sikorskiy bunga javoban “bosqinchiga qarshi sabotajni jinoyat deb hisoblamagan Polsha sudi bilan faxrlanishi”ni yozdi. Shuningdek, u “Madyar” taxallusli Ukraina Qurolli kuchlari harbiy xizmatchisi, etnik venger Robert Brovdi haqida eslatib o‘tdi. Vengriya unga Ukraina Qurolli kuchlarining “Drujba” neft quvuriga hujumi uchun mas’ul bo‘linma qo‘mondoni sifatida mamlakatga kirishni taqiqlagandi.
"Umid qilamanki, sizning jasur vatandoshingiz mayor Madyar nihoyat Putinning harbiy mashinasini ta’minlovchi neft quvurini ishdan chiqarishga erishadi va siz Xorvatiya orqali neft qabul qila boshlaysiz", – deya yozdi Podsha TIV rahbari.