Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Vengriya parlamenti mamlakatning Xalqaro jinoiy suddan chiqishini to‘xtatdi

Vengriya parlamenti mamlakatning Xalqaro jinoiy suddan chiqishini to‘xtatdi

Bu haqda "Meduza" xabar bermoqda.

Vengriyaning yangi bosh vaziri Peter Madyar tomonidan parlamentga kiritilgan qonun loyihasini uning "Tisa" partiyasidan bo‘lgan 133 nafar deputat yoqlab ovoz berdi. Sobiq bosh vazir Viktor Orbanning "Fides" partiyasidan 37 nafar vakil esa unga qarshi chiqdi.

Xalqaro jinoiy suddan chiqish tashabbusini mamlakatning sobiq bosh vaziri Viktor Orban 2025 yilning aprel oyida boshlab bergandi.

O‘tgan yilning iyun oyida Vengriya BMT Bosh kotibiga Xalqaro jinoiy suddan chiqish to‘g‘risida rasmiy bildirishnoma yuborgan va bu jarayon 2026 yilning iyun oyida yakuniga yetishi kerak edi.

Kiritildi: Bugun 13:37. O'qildi: 268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!