Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

NATO Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi harbiy ishtirokini kuchaytirmoqchi

NATO Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi harbiy ishtirokini kuchaytirmoqchi

Shimoliy Atlantika alyansi Rossiya tomonidan harbiy keskinlik yuzaga kelgan taqdirda Estoniya va Latviyaga harbiy kuchlarni jo‘natishni tezlashtirish imkonini beruvchi yangi qo‘mondonlik tuzilmasini yaratmoqchi.

Bu haqda Reuters agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Hozirgi vaqtda Boltiqbo‘yi davlatlari va Polsha shimolida joylashtirilgan NATO'ning barcha qo‘shinlari Polshaning Shesin shahridagi birlashgan shtabga bo‘ysunadi. Yangi rejaga ko‘ra, Estoniya va Latviya mudofaasi uchun Germaniyaning Myunster shahrida joylashgan NATO'ning Germaniya-Niderlandiya korpusi biriktiriladi. Jangovor shay holatdagi bunday korpus tarkibiga odatda ko‘pi bilan uchta diviziyaga bo‘lingan 40 000 dan 60 000 gacha harbiy xizmatchi kiradi.

NATO'ning ushbu qarori Vladimir Putin chet elda Rossiya fuqarolari "hibsga olingan, ushlab turilgan, jinoiy yoki boshqacha tarzda ta’qib qilingan" taqdirda, Putinga ularni "himoya qilish" uchun armiyani jalb etish huquqini beruvchi qonunni imzolaganidan keyin ertasi kuni ma’lum bo‘ldi.

Kiritildi: Bugun 16:28. O'qildi: 267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!