Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Venesuela USAIDni hukumatni ag‘darishni moliyalashtirganlikda aybladi

Venesuela USAIDni hukumatni ag‘darishni moliyalashtirganlikda aybladi

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) mablag‘larini o‘ta o‘ng muxolifat Venesuela hukumatini ag‘darish uchun ishlatgan.

Bu haqda respublika ijrochi vise-prezidenti Delsi Rodriges hukmron Yagona sosialistik partiya qurultoyida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zini prezident deb e’lon qilgan Xuan Guaydo va o‘ta o‘ngchi muxolifat yetakchilari "Venesuela hukumatini ag‘darish uchun Amerika agentliklari tomonidan moliyalashtirilgan".

Rodriges "Venesuela USAID tomonidan moliyalashtirilgan ekstremistlarning harakatlaridan jabr ko‘rganiga" ishora qildi.

"AQSh mablag‘lari hukumatlarni ag‘darish uchun sarflandi. Va biz Venesuelaga qarshi tajovuzni ushbu agentlik tomonidan moliyalashtirilayotganini ko‘rmoqdamiz. Jinoiy blokada va AQSh agressiyasiga qaramay, Venesuela xalqi o‘z suverenitetini himoya qilish uchun tik turdi", - deya qo‘shimcha qildi vise-prezident.

Kiritildi: 17:00 07.02.2025. O'qildi: 641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!