Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Venesuela hukumati AQSh tomonidan bevosita hujum holatida himoyalanish uchun ikki xil harakat rejasini ko‘rib chiqmoqda

Venesuela hukumati AQSh tomonidan bevosita hujum holatida himoyalanish uchun ikki xil harakat rejasini ko‘rib chiqmoqda

Venesuela hukumati AQSh tomonidan bevosita hujum holatida himoyalanish uchun ikki xil harakat rejasini ko‘rib chiqmoqda — Reuters.

Agentlik manbalariga ko‘ra, birinchi variant partizanlik shaklidagi qarshilikni nazarda tutadi. Venesuelalik yuqori martabali amaldorlar buni "uzoq muddatli qarshilik harakati" deb atamoqda.

Bu ssenariyda kichik harbiy guruhlar qo‘poruvchilik harakatlari va boshqa partizanlik amallarini bajarishi kerak bo‘ladi. Manbalardan birining aytishicha, harbiylarga Venesuelaga hujum sodir bo‘lgan taqdirda turli hududlarga tarqalib, yashirinish buyurilgan.

Ikkinchi variant — mamlakatda anarxiya holati, ya’ni ommaviy tartibsizliklarni yuzaga keltirishdan iborat. Mazkur reja AQSh Venesuelaga havo yoki quruqlikdan hujum qilganda, poytaxt Karakasda ommaviy tartibsizliklarni tashkil etish hamda mamlakatni boshqarib bo‘lmaydigan makonga aylantirish uchun razvedka xizmatlari va hukmron partiyaning qurollangan tarafdorlaridan foydalanishni nazarda tutadi.

"Qo‘shma Shtatlar Venesuela askarlarining harbiy xizmatdan bo‘yin tovlashiga ham umid qilishi mumkin. Venesuelalik harbiylar hukumatdan oyiga taxminan 100 dollar maosh oladi, bu esa o‘rtacha bir oilaning asosiy ehtiyojlarini qoplash uchun zarur bo‘lgan mablag‘ning taxminan beshdan bir qismi xolos. Bunday holat mojaro yuzaga kelganda harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash xavfini oshiradi", deya yozmoqda Reuters.

Eslatib o‘tamiz, kecha AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuelaning havo makoni yopilganini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 16:44 30.11.2025. O'qildi: 1066 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!