Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Vazirlik O‘zbekistonga Turkmanistondan yopirilib kirayotgan chigirtkalar haqida fikr bildirdi

Vazirlik O‘zbekistonga Turkmanistondan yopirilib kirayotgan chigirtkalar haqida fikr bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan chigirtkalar yopirilib kirib kelgani haqida turli xabarlar tarqamoqda.

?  Ayni karantin va ob-havoning injiqliklari sabab qishloq xo‘jaligiga ta’sir o‘tkazishi aytilmoqda. Ana shunday sharoitda zararli hasharotlar ekinzorlarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

?  Bugungi kunda respublika bo‘yicha zararli chigirtkalarni 122,2 ming gektar maydonda tarqalganligi aniqlanib, 112 ming gektar maydonda kimyoviy ishlovlar o‘tkazildi. Jumladan, Qashqadaryo viloyatida 38,1 ming gektarda, Surxondaryoda 31 ming gektar, Jizzaxda 23 ming gektar, Samarqandda 7,7 ming gektar, Toshkentda 6,1 ming gektar, Navoiyda 5,1 ming gektar, Farg‘onada 754 gektar, Sirdaryoda 177 gektar, Buxoroda 66 gektar va Andijon viloyatida 40 gektar maydonda kimyoviy ishlovlar o‘tkazildi.

Zararli chigitkalarga qarshi kimyoviy ishlovlarni o‘tkazishga zarur texnikalar bilan ta’minlangan. Mahalliy byudjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan bugungi kungacha zararli chigirtkalarga qarshi 320,6 ming gektar maydonda ishlovlarni o‘tkazishni ta’minlaydigan kimyoviy vositalar va 211 ming gektarni ta’minlaydigan yoqilg‘i-moylash mahsulotlari zahirasi yaratilgan.
 
⏳  Qoraqalpog‘iston respublikasida va Xorazm viloyatida zararli chigirtkalarga qarshi ishlovlar may oyining ikkinchi o‘n kunligidan boshlanishi kutilmoqda.

 

Kiritildi: 12:12 16.05.2020. O'qildi: 7638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!