Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Mbappe: "Avval Ronaldu mening kumirim edi, endi esa..."

Mbappe: "Avval Ronaldu mening kumirim edi, endi esa..."

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. Portugaliyalik yulduz 2009-2018 yillarda Madrid klubi sharafini himoya qilgan.

"Ronaldu? Avval u mening kumirim edi, hozir esa do‘stim. Men u bilan vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘raman. U menga maslahat beradi, meni qo‘llab-quvvatlaydi va men ham uni doimo qo‘llab-quvvatlashimni biladi", dedi Mbappe. Uning so‘zlarini The Touchline keltirmoqda.

Ayni paytda Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasi ixtiyorida. 25 sentyabr, juma kuni Zinedin Zidan boshqarayotgan jamoa Millatlar ligasining birinchi turida safarda Turkiyaga qarshi maydonga tushadi.

"Real" esa Ispaniya La Ligasida 7 turdan so‘ng turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 19:02 22.09.2026. O'qildi: 1177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!