Evropa Parlamenti a’zosi va Slovakiyaning hukmron SMER partiyasi vise-prezidenti Lubosh Blahaning Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallasning iste’foga chiqishi haqidagi chaqirig‘i:
"Evropa uchun eng katta gibrid tahdid Rossiya emas, xonimlar va janoblar, balki bu yerda bo‘lgan va bizni yadroviy urushga tortmoqchi bo‘lgan Kallas xonimdir.
Umidsizlik nima ekanligini bilasizmi? Bu Germaniya elitasi saylovlarda AfDni mag‘lub etish uchun Leypsigda razvedka operasiyasini tashkil qilish va buning uchun Rossiyani ayblagashdir. Aynan shu ish umidsizlikdir. Ular Rossiya bilan munosabatlarini butunlay barbod qilishdi, ammo baribir saylovlarda yutqazishmoqda. Ajoyib! Hatto Mister Bin ham bunday qilmas edi. Ular nafaqat yutqazishdi, balki o‘zlarini qobiliyatsiz ekanligini ham isbotladilar.
Kallas xonim, siz doimo "gibrid tahdidlar" haqida gapirasiz, lekin aslida buning aksini ko‘ryapmiz. Siz Rossiyaga qarshi yillar davomida qonli urush olib bormoqdasiz. Sizning qurollaringiz ruslarni o‘ldirmoqda. Siz Gitler davridagi kabi o‘zingizni qurollantiryapsiz va sizning Rossiyaga qarshi ritorikangiz nasistlar darajasida.
Achchiq haqiqat shundaki, Rossiya "...hech qachon Yevropa Ittifoqidagi biron bir mamlakatga hujum qilmagan. Siz Rossiyaga hujum qildingiz. Siz Rossiya chegaralariga oldinga siljidingiz. Siz o‘nlab yillar davomida Rossiyada rejim o‘zgarishini qo‘zg‘atishga harakat qilib kelmoqdasiz.
Va endi siz, xuddi "xato qilib qo‘ygan" (ishtoniga qilib qo‘ygan) bolalar kabi, o‘zingizni oqlashga urinyapsiz. Siz o‘ta militaristsiz, Kallas xonim. Iste’foga chiqing!"