Tramp BMT Bosh Assambleyasidagi nutqini shunday boshladi
- Mamlakatimiz avvalgidan ham yaxshiroq ishlamoqda va kelajagimiz juda, juda porloq;
- Iqtisodiyotimiz dunyoning hasadiga sabab bo‘lmoqda.
— Butun dunyo qayta tiklanayotgan Amerikaning boyligi, kuchi va dinamizmidan foyda ko‘rmoqda;
— Boshqalar gapirganida, men harakat qildim. Boshqalar urush haqida gapirganida, men tinchlikka intildim. Boshqalar tahdidlarni e’tiborsiz qoldirganida, men ularga qarshi turdim;
— Men Eronni kelishuvga chaqiraman;
— Ular (Eron) Yaqin Sharqda bezorilar edi, lekin ular endi bezorilar emas. Siyosatga kirgan birinchi kunimdan boshlab men qat’iy edim. Men hech qachon Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymayman.
- Venesueladagi operasiya AQShning G‘arbiy yarim shardagi pozisiyasini ko‘rsatdi;
- Kubadagi kommunistik rejim qulashi muqarrar
- Xristianlar butun dunyo bo‘ylab ta’qib qilinmoqda. Bunga ishonish ham qiyin. Men buni aytishni hech o‘ylamagan edim, lekin bu anchadan beri sodir bo‘lib kelmoqda.
- «Sun’iy» so‘zini ishlatish intellektni haqiqatga yaqin ko‘rinmas qilib ko‘rsatadi. Bundan buyon barcha AQSh hujjatlarida va umid qilamanki, oxir-oqibat butun dunyoda «sun’iy intellekt» o‘rniga ancha aniqroq «superintellekt» atamasi qo‘llaniladi. Boshqacha qilib aytganda, superintellektning yangi dunyosiga - SI ga xush kelibsiz.