Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Biz AQShdagi saylovlardan so‘ng darhol Eron bilan kelishuv tuzamiz

Biz AQShdagi saylovlardan so‘ng darhol Eron bilan kelishuv tuzamiz

AQSh prezidentining Eronga aloqadaor boshqa bayonotlari:

◾️ Men Eron bo‘yicha qaror qabul qilishim kerak — ularga dunyodagi eng buyuk mamlakat bo‘lishga imkon beradigan kelishuv tuzish yoki Eron Islom Respublikasini yo‘q qilib, ularni do‘zaxga jo‘natish va omon qolish uchun hech qanday imkoniyat qoldirmaslik;

◾️ O‘tgan yili AQSh prezidenti lavozimiga kirishganimda Eron bilan muzokaralarni boshladim va yadroviy dasturini hamda terrorizmni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatish evaziga ularga to‘liq iqtisodiy hamkorlikni taklif qildim, ammo ular buni rad etishdi. Bu katta xato edi;

◾️ Eronliklar Yevropagacha yetib bora oladigan raketa yaratishdi va bundan judayam faxrlanishdi. Umid qilamanki, yevropaliklar buning oqibatlarini tushunib yetadilar;

◾️ Eron Yaqin Sharqning bezorisi edi, ammo endi ular bezori emas. Siyosatga kirgan birinchi kunimdan boshlab men o‘z so‘zimda qat’iy turdim. Men Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga hech qachon yo‘l qo‘ymayman;

◾️ Tehronning maqsadi ballistik raketa tizimidan niqob sifatida foydalanib, yadro bombasini yaratishni yakunlash edi. Agar ular bunga erishganlarida, bu yovuz rejim butun dunyoga terror va o‘limni tarqatish imkoniyatiga ega bo‘lar edi;

◾️ Tehron tomonidan moliyalashtiriladigan terrorischilar Isroilda 1200 nafar begunoh tinch aholini, jumladan, o‘nlab amerikaliklar va ko‘plab go‘daklarni qiynoqqa soldilar, majruh qildilar va o‘ldirdilar. Eronning oliy rahnamosi bu qirg‘indan xursand bo‘ldi va uni “insoniyatga xizmat qilish” deb atadi;

◾️ Joriy yilda Eron rejimi 72 mingdan ortiq o‘z fuqarosini o‘ldirdi. Yadroviy qalqon himoyasi ostida keng ko‘lamli terrorchilik harakatlarini sodir etish imkoniyatiga ega bo‘lgan bunday jirkanch rejimni shunchaki tasavvur qilib ko‘ring.

Kiritildi: 22:48 22.09.2026. O'qildi: 461 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!