Virjil van Deyk "Liverpul"ning yomon o‘yinlari haqida gapirdi.
Kecha "mersisaydliklar" Angliya liga kubogi finalida "Nyukasl"ga imkoniyatni boy berishdi (1:2). Avvalroq, "Liverpul" Chempionlar ligasida penaltilar seriyasida "PSJ"ga yutqazib, turnirni tark etdi va "Plimut"dan 0:1 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Angliya Kubogidagi yurishini yakunlagandi.
"Biz vaziyatni tuzatishimiz kerak. Futbol shunday ishlaydi - besh kun ichida ikki marta mag‘lub bo‘lasiz va dunyo parchalanadi.
Ikki hafta oldin hamma narsa yorqin edi. Chempionlar ligasida yaxshi natija ko‘rsata olmadik, Angliya kubogidan chiqib ketdik va bu finalda yutqazdik. Oldinda bizni to‘qqizta o‘yin kutib turibdi va uni yakunlash uchun hech qanday motivasiya kerak emas deb o‘ylayman. Biz bosh sovrin uchun kurashyapmiz, buning uchun mavsum boshidanoq qattiq mehnat qildik.
APLda g‘alaba uchun kurashishimizni hech kim kutmagandi. Bu yutish eng qiyin kubok. Ko‘p narsa xavf ostida. Oldinda ko‘p ijobiy va yaxshi daqiqalar bor. Buning uchun tinimsiz mehnat qilishimiz kerak.
Endi hamma o‘z terma jamoalariga boradi, u yerda o‘ynaydi va umid qilamanki formada qoladi, keyin esa qiyin bo‘lishini va’da qilgan "Everton" bilan uy uchrashuviga tayyorlanamiz", - dedi "Liverpul" himoyachisi.