Fransiyaning "Nice-Matin" gazetasi yozishicha, ukrainalik biznesmen Vadim Yermolayev Monakoda unga qarshi uyushtirilgan suiqasdda mamlakat Bosh razvedka boshqarmasini ayblamoqda.
U shuningdek, bir necha davlat rasmiylari va xalqaro tashkilotlarga murojaat qilib, o‘z oilasi hamda guvohlarning xavfsizligini ta’minlashni so‘radi.
Tadbirkorning ta’kidlashicha, agar maxsus xizmatlar o‘z imkoniyatlaridan Yevropa hududida qotillik uyushtirish uchun foydalansa, bu xalqaro xavfsizlikka va hokimiyat institutlariga bo‘lgan ishonchga putur yetkazadi.