Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisiga o‘rinbosar tayinlandi

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Adliya katta maslahatchisi Zohid Karayev «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Z.Karayev shu paytga qadar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Bugun prezident huzuridagi yig‘ilishda sohadagi korrupsion xavflarni oldini olish maqsadida “O‘zbekneftgaz” tuzilmasida raisning alohida o‘rinbosari lavozimi kiritilib, komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati tashkil etilgani ma’lum qilingan edi.

Tizimdagi har qanday noqonuniy holatni tezkor aniqlash va oldini olish bo‘yicha samarali tizim yaratish vazifasi qo‘yildi.

Kiritildi: 22:07 12.01.2026. O'qildi: 508 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!