«Chelsi» futbolchisi Enso Fernandes agar «Manchester Siti»ni Enso Mareska boshqarsa, jamoasini o‘zgartirishga o‘tishga tayyor. Bu haqda ESPN Argentina xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Fernandes «Manchester Siti»da sobiq ustozi bilan yana birlashish imkoniyati paydo bo‘lsa, uni qo‘ldan boy bermaydi. Shuningdek, Mareska «shaharliklar» safiga kelsa, yarimhimoyachi uning birinchi transfer maqsadiga aylanishi ta’kidlanmoqda.
Ushbu mavsum 25 yoshli Fernandes barcha musobaqalarda 53 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol urdi va 7 ta assist muallifi bo‘ldi.