Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin hamda Donald Trampning Xitoyga uyushtirgan tashriflari Ukrainaga nisbatan bosimni kuchaytirdi. Bu haqda «Myśl Polska» nashri yozmoqda.
«Bosim Sharqdan ham kuchayib bormoqda», — deyiladi materialda.
Qayd etilishicha, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin va Tramp diplomatik yo‘l bilan hal etish bo‘yicha «sezilarli sa’y-harakatlarni» qo‘llab-quvvatlagan, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I esa «Pekin harbiy harakatlarning tezroq tugashini kutayotganini» aniq-ravshan bildirgan.
«Vladimir Putinning «strategik hamkorlik» to‘g‘risidagi deklarasiyani imzolash uchun 19 may kuni Pekinga kelishi, har uchchala o‘ta yirik davlat (superdavlat) o‘z harakatlarini o‘zaro muvofiqlashtirayotganini yana bir bor tasdiqlaydi va bu Kiyev uchun manevr qilish maydonini tobora kamaytirib bormoqda», — deya ta’kidlanadi maqolada.