Tahlillarga ko‘ra, 2025-yilda mamlakatimizdagi dollardagi yalpi ichki maxsuloti hajmi 21,1 foizga o‘sib (2024-yildagi o‘sish 12,9 foiz edi), 147 mlrd dollardan oshgan. 2021-yil bilan solishtirganda, bu miqdor 81 foizga yuqori.
Ortida qolgan yilda aholi jon boshiga YAIM miqdori 3 ming 844 dollarga yetgan (2024-yilda 3 ming 265 dollar edi). Bu avvalgi barcha prognozlardan yuqori ko‘rsatkich demakdir. 2021-2025-yillardagi statistika esa 65,3 foizlik o‘sishni ko‘rsatmoqda.
Salmoqli iqtisodiy o‘sish sur’atlariga qulay global shart-sharoitlar (masalan 2021-2025-yillarda oltin narxining qariyb 2,5 barobar qimmatlashgani), investisiyalarining yuqori o‘sishi hamda prosiklik fiskal siyosatning davom ettirilishi ijobiy ta’sir qilgan.