Bugun 24 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Zelenskiy Tramp bilan kelishuvga erishdi

Zelenskiy Tramp bilan kelishuvga erishdi

Zelenskiy Tramp bilan Patriot tizimi uchun yangi raketalar yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qildi — BBC.

Ukraina prezidenti Zelenskiy Davosdagi Xalqaro iqtisodiy forumda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Kiyevga Amerikaning Patriot havo hujumidan mudofaa tizimi uchun PAC-3 raketalarini yetkazib berish masalasida kelishuvga erishganini bildirdi.

Avvalroq Zelenskiy bir necha bor Ukrainada havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun raketalar yetishmasligini ochiq aytgan edi. Xususan, Patriot majmualari uchun mo‘ljallangan PAC-3 raketalari tanqisligi qayd etilgan. Mazkur tizimlar Rossiyaning ballistik raketalarini urib tushira oladigan yagona vosita hisoblanadi.

Zelenskiy Davosga tashrifi oldidan forum doirasida AQSh bilan xavfsizlik kafolatlari hamda urushdan keyingi iqtisodiy tiklanish bo‘yicha kelishuvlar imzolanishiga umid bildirgan edi. Biroq Davosdagi uchrashuv yakunlariga ko‘ra, AQSh va Ukraina rahbarlari o‘rtasida rasmiy hujjatlar imzolanmadi.

Kiritildi: Bugun 11:06. O'qildi: 854 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!