Qozog‘istonlik ekspert Bulat Sultonov Donald Trampning bugungi siyosati jamiyatda katta va yosh avlod o‘rtasida qarashlar tafovutini kuchaytiryotganini aytgan. Hozirgi voqealar qozoq yoshlari uchun “sovuq dush” bo‘lib, ko‘plab illyuziyalarni yo‘qqa chiqarayotganini ta’kidlagan.
“Katta avlod Rossiyaga nisbatan ijobiy munosabatda va turli voqealarga qaramay biz Rossiya bilan do‘st bo‘lib qolamiz. Ukrainadagi maxsus harbiy operasiya esa Qozog‘iston yoshlarining kayfiyatiga beqarorlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatdi. Yosh avlod bu masalada qisman revizionistik pozisiyalarni egallay boshlayapti. Ammo hozir sodir bo‘layotgan voqealar, xususan Donald Tramp siyosati bilan bog‘liq jarayonlar yoshlarimiz uchun xuddi sovuq dush bo‘ldi”, degan u.
Sultonov MDH va YOII doirasida hamkorlik “yumshoq kuch” orqali mustahkamlanishi, jamiyatni bo‘luvchi emas, birlashtiruvchi omillar izlanishi kerakligiga alohida urg‘u bergan.