Donald Tramp Vladimir Zelenskiyga 800 mlrd dollar va xavfsizlik kafolatlari evaziga Donbassni Rossiyaga berishni taklif qildi. Bu haqda Corriere della Sera xabar berdi.
Davosda Tramp va Zelenskiy uchrashuv o‘tkazib, unda urushni yakunlash rejasi muhokama qildi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, taklifning asosiy bandi sifatida Donbassning hozirda Kiyev nazorati ostida bo‘lgan qismini Moskvaga topshirish ehtimoli ko‘rib chiqilgan.
"Buning evaziga Ukrainaga mamlakatni qayta tiklash uchun 800 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordam hamda AQSh va Yevropa tomonidan xavfsizlik kafolatlari berilishi taklif etilmoqda. Ammo bunday harakat Ukrainada “juda xavfli” deb baholanmoqda", deya yozmoqda nashr.