Ma’lum bo‘lishicha, Davosdagi chiqishida Zelenskiy Yevropa davlatlari xavfsizlik masalasida hali ham yetarlicha qat’iy choralar ko‘rmayotganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa o‘zini himoya qilishni o‘rganishi zarur, biroq bu boradagi vaziyat so‘nggi bir yil davomida deyarli o‘zgarmagan.
Fon der Lyayen esa bu fikrlarga javoban YEI Ukrainani qo‘llab-quvvatlash borasida aniq va sezilarli choralar ko‘rib kelayotganini qayd etdi. Uning aytishicha, hozirga qadar Kiyevga 193 milliard yevro miqdorida yordam ajratilgan bo‘lib, kelgusi ikki yil davomida yana 90 milliard yevro berilishi rejalashtirilgan.