"Dunyo go‘zali" tanlovi ishtirokchisi kiyimida O‘zbekiston bayrog‘i ramzlaridan foydalangani uchun jarimaga tortildi
Sud qaroriga ko‘ra, xalqaro tanlovda ishtirok etgan Shaxrizoda Madaminova libosida davlat ramzlaridan foydalanib, suratlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylagani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi. Sud unga 824 ming so‘m miqdorida jarima tayinladi.