Bugun 24 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh Eronga shu kechaning o‘zidayoq zarba yo‘llashi mumkin

AQSh Eronga shu kechaning o‘zidayoq zarba yo‘llashi mumkin

The Jerusalem Post xabar berishicha, AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasi boshchiligidagi zarba guruhi Malakka bo‘g‘oziga kirib, Yaqin Sharq tomon yo‘l olgan.

Ma’lum qilinishicha, Donald Tramp Eronga qarshi harbiy zarba berish buyrug‘ini berish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda.

Avvalroq AQSh Islom Respublikasiga ehtimoliy zarbasiga tayyorgarlikni yakunlagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi o‘z fuqarolariga Eronga safar qilmaslikni qat’iy tavsiya etmoqda. Shuningdek, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada va boshqa qator davlatlar o‘z fuqarolarini Eronni barcha mavjud imkoniyatlar orqali zudlik bilan tark etishga chaqirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda bir qator mamlakatlar Isroil va Eronga barcha aviaqatnovlarni bekor qilmoqda, havodagi samolyotlar esa o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, ortga qaytarilmoqda.

Kiritildi: Bugun 09:58. O'qildi: 688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!