Bugun 23 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

"Jangdan so‘ng u Markaziy Osiyo haqida bunday bemaza gaplar gapirmaydi”

"Jangdan so‘ng u Markaziy Osiyo haqida bunday bemaza gaplar gapirmaydi”

O‘zbekistonlik professional bokschi Ruslan Chagayevdan sharmandali mag‘lubiyatga uchragandan keyin sportni tark etib, deputatlikka o‘tgan sobiq bokschi Nikolay Valuyev Duginning fikrlarini qo‘llab-quvvatladi.

Sobiq sportchining ushbu fikrlariga o‘zbekistonlik bokschi Ruslan Chagayev javob qaytardi. U Valuyev bilan jangga kirishish taklifini berdi.

“Menimcha bu sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan. Agar unday bo‘lmasa, Valuyevning kallasini joyiga qo‘yish kerak bo‘lsa, men tayyorman. Jangdan so‘ng u Markaziy Osiyo haqida bunday bemaza gaplar gapirmaydi”, dedi u.

Chagayev nutqi davomida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar hozirda yaxshi ekanini, Valuyevga o‘xshaganlar esa buni buzishga harakat qilayotganini aytdi.

Avvalroq, rossiyalik deputat, og‘ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni Nikolay Valuyev Rossiya tomonidan kelajakda yana bir nechta maxsus operasiyalar o‘tkazilishi muqarrarligi va bu borada Aleksandr Duginning qarashlarini to‘g‘ri deb hisoblashini bildirdi.

Kiritildi: Bugun 14:55. O'qildi: 763 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!