Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonning olti hududida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning olti hududida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

~O‘zgidromet xizmati agentligi 6–11 mart kunlari O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfini e’lon qildi.

Xususan, kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li va quyidagi hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi:

Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on,Sariosiyo, Uzun tumanlarida;

Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;

Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari);

Namangan viloyati Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

Tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.

Kiritildi: 19:02 05.03.2025. O'qildi: 1434 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!