Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonning navbatdagi raqibi portugaliyalik bosh murabbiyini ishdan haydadi

O‘zbekistonning navbatdagi raqibi portugaliyalik bosh murabbiyini ishdan haydadi

Paulu Bento Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi. Bu haqda mamlakat futbol federasiyasi xabar berdi.

55 yoshli portugaliyalik mutaxassisning iste’fosi sabablari hozircha noma’lum.

Amirliklar kecha JCH-2026 saralashida Shimoliy Koreyani so‘nggi soniyalarda kiritilgan gol evaziga mag‘lub etib (2:1), JChga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olish imkoniyatini saqlab qolgandi.

Hozirda ular uchinchi saralash bosqichining A guruhida 13 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. O‘zbekiston 17 ochko bilan ikkinchi o‘rinda.

9-turda BAA vakillarimizni o‘z maydonida qabul qiladi.

Kiritildi: 12:34 26.03.2025. O'qildi: 926 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!