Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu yozda bir jamoada to‘p tepishi mumkin. Bu haqda Goal.com xabar bermoqda.
Ronaldu ayni damda Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubida to‘p tepmoqda va klublar o‘rtasidagi yaqinlashib kelayotgan jahon chempionatida ishtirok etmaydi. Uning yangi shartnomasi hali kelishilmagan va turnirda ishtirok etish uchun portugaliyalik "Inter Mayami" bilan qisqa muddatli shartnoma imzolashi ehtimoli bor.
Manbaga ko‘ra, Messi va Ronaldu Amerika klubining hujumkor juftligini tuzishga tayyor, ammo hozircha transfer masalasi hal qilinmagan. Sayyoramizning eng yaxshi 32 klubi ishtirokidagi musobaqa 15 iyundan 13 iyulga qadar AQShda bo‘lib o‘tadi.