Masjid tahoratxonasida gaz portlashi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, 10 kishi turli darajada tan jarohati olgan.
Voqea joyiga viloyat hokimi, FVB, IIB, MG, SSB, prokuratura va “Hududgazta’minot” xodimlari yetib borgan va hodisa oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Hodisa sodir bo‘lganligi xabar qilinganida vodiyda bo‘lib turgan Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov hamda Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Botir Qudratxo‘jayev Izboskan tumaniga yetib borgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.