Ma’lum qilinishicha, Izboskan tumani "Mirzo Ulug‘bek" MFY hududida joylashgan masjidlaring birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgani haqida Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgan. Hodisa sodir bo‘lgan joyga viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligida barcha mutasaddi mas’ullar yetib kelgan, hozirda vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 6 nafar fuqaro tan-jarohati olgan.
Qo‘shimcha ma’lumotlar ma’lum qilinadi.