Zelenskiy: Moskva G‘arbning tinchlikni tiklash harakatlarini masxara qilmoqda.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kremlning G‘arbning mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish urinishlarini "ochiqchasiga mazax qilayotgani" haqida bayonot berdi.
U bu haqda kechki videomurojaatida ma’lum qildi.
Zelenskiyning aytishicha, Rossiya tinchlik tashabbuslariga hujumlarni kuchaytirish bilan javob bermoqda.
"Hozirda Moskvada hamkorlarning tinchlik kun tartibini ilgari surish harakatlarini ochiqchasiga mazax qilishmoqda - uzluksiz yangi dron zarbalari, to‘xtovsiz shafqatsiz o‘qqa tutishlar. Buni faqat bosim orqali to‘xtatish va Rossiyani tinchlikka majburlash kerak," - deya ta’kidladi u.
Ukraina prezidenti, shuningdek, Rossiyaning harbiy jinoyatlari jazosiz qolmasligini, Yevropa esa bu urushdan olingan "axloqiy saboqlar"ni unutmasligini bildirdi.